* 2013-yilda koreyadagi KAIST universitetidagi talabalar Entryning 1-versiyani yaratib u orqali 엔트리코리아(Entry Koreya)nomli startupni ochdi.

* 2 yildan keyin 2015-yilda koreaydagi huddi Google ga o'xshab internetdan ma'lumotlar izlash dvigateli bo'yicha katta korxona bo'lib yetishgan Naver nomli korxona u startupni sotib oldi va u uning nomini 엔트리교육연구소 (Entry ta'lim laboratoryasi) ga almashtirdi.

* 3 yildan keyin 2018-yilda startupni sotib olgan Naver uni tijorat sifatidan foydalanish niyati sira bo'lmaganidan uni abadiy bepul qilish uchun «Naver Connect Foundation» nomli nodavlat tashkilotiga topshirdi va Entryning manba kodlarini Github(https://github.com/entrylabs/entry-offline) ochiq qo'ydi.

* 2018-yilda Entry endi open-source(ochiq manba kodlari)ga aylantirilganligini bilgan Lee JeongJun o'sha manba kodlaridan foydalanib O'zbekston bolalari uchun o'zbekcha versiyani yaratishni boshladi. Tarjima, yangi rasmlar va ikonkalar bo'yicha do'stlaridan yordam olib bir nechta oy davomida birgalikda harakatlar qilganidan so'ng 2019-yilning fevralida Entryning o'zbekcha 1-versiyasi(https://github.com/JeongJun-Lee/entry-offline) dunyoga chiqdi.
Lekin u faqat original versiyasini o'zbek tiliga o'girgani emas, balik o'zbek bolalarga moslashtirish uchun originalda bo'lmagan yangi funksiyalarni qo'shdi. Masalan, original versiyada blokli kodlarini C++ tiliga o'zgartirish va blokli dasturlash qilgan kodlarni qurilmaga yuklab qo'yish funksiyalari yo'q bo'lsa-da, ularni kiritishga erishdi, bolalar birinch dasturlashlarida qiyinalmasdan tanish qiyofalar orqali ko'nikishlarini osonlashtirish uchun o'zbek milly obyektlarni Entryga kiritishga harakat qildi.
* 2018-yildan beri Koreyada barcha maktablarda 5-sinfdan boshlab davlat rasmiy darslikda Entry orqali dasturlashni o'rgatilmoqda. Entry faqatgina oflayn versiyasiga ega emas. U onlayn vebsayt orqali ham platformadek keng foydalaniladi. Platforma saytning nomi Entry(https://playentry.org)dir. U yerda 2 milliondan ortiq foydalanuvchilar dasturlashni o'rganadilar. Va u saytda 10 milliondan ortiq foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar mavjud.
