Qisqasi, ha. Ayni paytda TezTer dasturida atigi 3 ta klaviatura tartibi mavjud: o‘zbek, ingliz va koreys. Agar siz yangi tartib bo'yicha mashq qilmoqchi bo'lsangiz, ruscha klaviatura tartibi qo'shish misolida bunga qanday erishishni ko'rib chiqamiz.
Shubhasiz, siz birinchi navbatda TezTer dasturini o'rnatishingiz kerak. Bloknot yoki wordpad kabi matn muharrirlaridan foydalanish mumkin. Ammo men VS Code manba kodi muharriridan foydalanishni tavsiya qilaman, chunki bu bizning vazifamiz uchun ancha qulayroq.
Fayl menejerida C:\Program Files (x86)\TezTer papkasiga o'ting va avval "layouts" papkasida sichqonchaning chap tugmasi bilan bir marta bosing, so'ngra bir marta sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va chiqgan oynada VS Code bilan ochishni tanlang.

Shundan so'ng, VS Codeda "layouts" papkasi ochiladi. Uning ichida "Qwerty.json" faylini bir marta sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosing. Keyin nusxa qilish(Copy)ni tanlang.

Shundan so'ng, nusxalangan faylni joylashtirish uchun Ctrl + V tugmalar birikmasini bosing.

Nusxalangan faylning parametrlariga o'ting (sichqoncha o'ng tugmasi) va nomini o'zgartirishni tanlang. Shundan so'ng, bizga kerakli nomni yozamiz.

Endi faylning o'zini o'zgartirishni boshlaylik. Klaviatura tartibi va til nomini yozamiz. Tartibni inglizcha namuna bilan taqqoslab, biz belgilar va harflarni o'zgartirishni boshlaymiz. Oddiy bosilganda KeyData va Shift tugmasi bosilganda ShiftKeyData.
FingerPosition dagi L va R, 1 dan 5 gacha bo'lgan qiymatlar chap va o’ng qo’llarning barmoqlarini anglatadi:
L1: Chap qo’lning bosh barmog’i
L2: Chap qo’lning ko’rsatkich barmog’i
L3: Chap qo’lning o’rta barmog’i
L4: Chap qo’lning nomsiz barmog’i
L5: Chap qo’lning kichik barmog’i
R1: O’ng qo’lning bosh barmog’i
R2: O’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’i
R3: O’ng qo’lning o’rta barmog’i
R4: O’ng qo’lning nomsiz barmog’i
R5: O’ng qo’lning kichik barmog’i


O'zgartirishni tugatgandan so'ng, saqlash uchun Ctrl + S tugmalar birikmasini bosing va VS Code ilovasini yoping.
Endi biz o'zgarishlarni tekshirishimiz kerak. TezTer dasturini oching va sozlamalarga o'ting.

Sozlamalarda biz qo'shgan yangi klaviatura tartibi chiqishi kerak. Uni tanlaymiz.

Ko'rib turganingizdek rus klaviatura chiqdi.

Ammo rus tilidagi matnlar yo'q. Ularni qo'shish qiyin emas. Buni qanday qilish mumkinligini shu havolaga o'tib o'qib ko'ring:
https://forum.roboticsware.uz/d/51-tezterda-ozim-yaratgan-yangi-matnlardan-foydalanib-oraganish-imkoniyatga-egami
Men yasagan rus klaviatura tartibini qo'shish uchun pastdagi fayldan va qo'llanmadan foydalaning:

Yuklab olgan faylni toping va tanlang
