Bu yerdan Mu Editor-ning oxirgi maxsus versiyasini yuklab olamiz: https://github.com/roboticsware/mu/releases/
Yoki Telegram-dan:
Hozida 1.2.6 oxirgi (eng yangi) versiya:

Etiboringizni shu qismga qarating:

Telegram-dagi ko'rinishi:

Rasmda ikkita o'rnatish fayllari ko'rsatilgan. Birinchisi 32-bit, ikkinchisi esa 64-bit operatsion sistema uchun. Qaysi sizga to'g'ri kelishini kompyuter sozlamalaridagi sistema xususiyatlari(system properties)dan bilib olsangiz bo'ladi.
Shundan so'ng to'g'ri keladigan versiyani nomini bosamiz — o'rnatish fayli avtomatik tarzda yuklana boshlaydi:

Yuklangan faylni yuklamalar(downloads)dan topasiz va ikki marta sichqoncha chap tugmasi bilan uni bosing:

Ko'pincha Microsoft Defender o'rnatishga to'sqinlik qiladi. Chiqgan oynada quyidagi harakatlarni bajaring:
(Agar ko'k oyna chiqmasa 5-chi qadamga o'ting)


Litsenziya shartnomasiga roziligimizni bildiramiz:

Dastur o'rnatilishini kutamiz:

Finish-ni bosamiz:

Mu Editor foydalanishga tayyor!